Vintli gʻildirak - qiyshiq tishli silindrik gʻildirak; vintsimon tishli uzatmada aylanma harakatni oʻzaro ayqash vallar orasida uzatish uchun qoʻllanadi. V. gʻ. ilashishga qarshiligi yuqrri boʻlgan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, juft boʻlib ishlaydigan V. gʻ.lar toblangan poʻlat — toblangan poʻlat, choʻyan — bronza, choʻyan — plastmassa, poʻlat — bronza, poʻlat — plastmassa singari materiallardan ham yasaladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil