Vintokril (nem. Gewinde — rezba va rus. krilo — qanot), vint-qanotli uchish apparati — vertolyotga oʻxshab tikka koʻtarila va qoʻna oladigan, samolyotga oʻxshab ucha oladigan uchish apparati. Unda koʻtarish kuchini bir yoki ikkita vint va qanotdan iborat koʻtarish tizimi vujudga keltiradi. Koʻtarilish va qoʻnishda V. xuddi vertolyot kabi, ilgariga uchishda esa samolyotga oʻxshab boshqariladi. V.da turbovintli dvigatel ishlatiladi. V.ning tezligi — 500—600 km/soat, 20 t gacha yuk koʻtara oladi. V. harbiy maqsadlarda, xalq xoʻjaligida (asosan, yuk tashishda) cheklangan koʻlamda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil