Violet Jessop
Violet Constance Jessop (1887-yil 2-oktyabr, Argentina – 1971-yil 5-may, Angliya) – XXI asr boshlarida Irlandiya va Argentina okean laynerlarida faoliyat yuritgan styuardessa va hamshira. 1912-yilda RMS Titanic, 1916-yilda esa HMHS Britannic kemalari choʻkib ketganida bortda boʻlgan va omon qolgan. Shuningdek, britaniyaliklarning HMS Hawke kemasi bilan toʻqnashib ketgan RMS Olympic kemasi bortida ham boʻlgan[1][2].
Violet Constance Jessop | |
---|---|
Tavalludi |
2-oktyabr 1887-yil |
Vafoti |
5-may 1971-yil (83 yoshda) Great Ashfield, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va Argentina |
Kasbi | Hamshira |
Turmush oʻrtogʻi |
John J. Lewis (turm. 1923; ajr. 1924) |
Hayoti
tahrirViolet Constance Jessop 1887-yil 2-oktyabrda Argentinaning Bahía Blanca shahri yaqinida tugʻilgan. U irlandiyalik muhojirlar William va Katherine Jessopning toʻngʻich qizi boʻlgan[3][4]. Jessop toʻqqiz farzandning birinchisi boʻlib, uning uka va singillarining besh nafari yoshligida halok boʻlishgan[5]. U bolaligining koʻp qismini uka-singillariga gʻamxoʻrlik qilish bilan oʻtkazgan. U bolaligida sil kasalligi bilan ogʻrigan. Shifokorlarning kasallik oʻlimga olib kelishadi deb tashxis qoʻyishiga qaramay, omon qolgan. Jessop 16 yoshga toʻlganida uning otasi boshidan oʻtkazgan jarrohlik amaliyoti asoratlari tufayli vafot etgan va uning oilasi Angliyaga koʻchib oʻtgan. U yerda Jessop monastir maktabida oʻqigan va onasi kemada styuardessa boʻlib ishlagan paytda kenja singlisiga gʻamxoʻrlik qilgan[3][5]. Onasi kasal boʻlib qolganidan soʻng Jessop maktabni tashlagan va onasi ishlaydigan joyga borib, styuardessa boʻlib ishlash uchun ariza bergan. Jessop ishga olinishi uchun oʻziga jalb qilmaydigan usulda kiyinishi kerak edi[6]. 1908-yilga kelib 21 yoshga toʻlganida uning birinchi styuardessalik faoliyati Royal Mail Line kompaniyasida boʻlgan[3][5].
RMS Olympic
tahrir1911-yilda Jessop RMS Olympic kemasida styuardessa boʻlib ishlay boshlagan[7]. Olympic oʻsha paytlardagi eng katta va hashamatli kemalardan biri edi[3]. Jessop 1911-yil 20-sentyabrda Olimpic kemasida Sautgempton shahridan joʻnab ketgan va Britaniyaning HMS Hawke harbiy kemasi bilan toʻqnashganda kema bortida boʻlgan edi[1][7]. Toʻqnashuvdan soʻng halok boʻlganlar boʻlmagan va shikastlanganiga qaramay, kema choʻkmasdan portga qaytib kelishga muvaffaq boʻlgan[1][7]. Jessop oʻz xotiralarida bu toʻqnashuvni qayta eslamaslikni xohlashini yozib qoldirgan. U 1912-yil aprel oyigacha RMS Titanic kemasiga oʻtkazilgunga qadar Olimpicda ishlashni davom ettirgan[5].
RMS Titanic
tahrirJessop 1912-yil 10-apreldan boshlab, 24 yoshida styuardessa sifatida RMS Titanic kemasida ishlay boshlagan[1]. Toʻrt kundan soʻng, 14-aprelda kema Shimoliy Atlantika okeanidagi aysbergga urilgan va toʻqnashuvdan taxminan ikki soatu qirq daqiqa oʻtib choʻkib ketgan[8]. Jessop oʻz xotiralarida halokat vaqtida unga ingliz tilini bilmaydigan yoʻlovchilarga kema halokatga uchraganida oʻzini qanday tutishni oʻrgatish kerakligi buyurilganligini aytgan[3]. Unga 16-qutqaruv qayigʻiga tushish buyurilgan va qayiq tushirilayotganda kema ofitserlaridan biri uning qoʻliga chaqaloq bergan. Ertasi kuni ertalab Jessop va boshqa omon qolganlar RMS Carpathia kemasi tomonidan qutqarilgan va 18-aprel kuni Nyu-York shahriga olib kelingan. Jessopning soʻzlariga koʻra, Carpathia bortida boʻlgan vaqtida bir ayol, ehtimol chaqaloqning onasi kelib uning qoʻlidan chaqaloqni olgan hamda hech narsa demasdan, yigʻlagan holda yugurib ketgan[3]. Nyu-York shahriga yetib kelganidan keyin u Sautgemptonga qaytgan[7].
HMHS Britannic
tahrirBirinchi jahon urushida Jessop British Red Crossda styuardessa boʻlgan[3]. 1916-yil 21-noyabr kuni u Egey dengizida nemis harbiy-dengiz minasiga tegib choʻkib ketgan HMHS Britannic bortida edi[1][9]. Britannic halokatdan 55 daqiqa oʻtgach butunlay choʻkib ketgan va kema bortda boʻlgan 1,066 kishidan 30 nafari halok boʻlgan.
Britannic kemasi choʻkib ketayotganda, Jessop va boshqa yoʻlovchilar qutqaruv qayiqlarini parchalab tashlagan kema pervanellariga urilib ketib, halok boʻlishlari mumkin edi. Jessop qutqaruv qayigʻidan sakrashga majbur boʻlgan, natijada u boshidan jarohat olgan, ammo, omon qolgan[1][5]. Jessop bilan birga Titanic kemasidandan omon qolgan Artur Jon Priest va Archi Jewell ham Britannic bortida boʻlgan hamda ularning ikkalasi ham tirik qolgan[9].
Galereya
tahrir-
RMS Olympic. 1911-yil.
-
RMS Titanic. 1912-yil.
-
HMHS Britannic. 1916-yil.
-
Belgenland. 1914-yil.
Keyingi hayoti
tahrirJessop 1920-yilda White Star Line kompaniyasiga ishga qaytgan[1]. Keyin esa Red Star Line va Royal Mail Line kompaniyalarida ishlagan[10]. Red Stardagi faoliyati davomida Jessop kompaniyaning eng katta kemasi Belgenlandda dunyo boʻylab ikki maotaba sayohat qilgan. Jessop 36 yoshida White Star Line kemasi ishchisi John James Lewisga turmushga chiqqan. Lewis RMS Olympic va RMS Majestic kemalarida ham xizmat qilgan edi. Ular taxminan bir yil birga yashaganidan soʻng, ajrashishgan. 1950-yilda Jessop nafaqaga chiqqan.
Violet Jessop 1971-yilda, 83 yoshida yurak xurujidan vafot etgan[11][10].
Ommaviy madaniyatda
tahrir1958-yilda suratga olingan „A Night To Remember“ filmida dengiz floti meʼmori Thomas Andrews (bosh rolni Michael Goodliffe ijro etgan) boshqa yoʻlovchilarga oʻrnak boʻlish uchun qutqaruv nimchasi kiyayotganini tasvirlangan. James Cameronning 1997-yilda suratga olingan „Titanic“ filmida xuddi shunaqa sahna Andrews hamda Lucy ismli styuardessa ishtirokida sodir boʻlgan. Ular ham yoʻlovchilarni xuddi shunday qilishga koʻndirish uchun oʻzlarining qutqaruv nimchalarini kiyishgan.
1979-yilda suratga olingan „S. O. S. Titanic“ telefilmida Jessop obrazini Madge Ryan gavdalantirgan.
2000-yilgi „Britannic“ televizion filmida bosh qahramon Vera Campbell (Amanda Ryan bosh rolni ijro etgan) boʻlib, u toʻrt yil oldin choʻkib ketgan Titanic kemasidan omon qolgani uchun Britannicda sayohat qilishga qoʻrqar edi.
2006-yildagi „Shadow Divers“ ekspeditsiyasida John Chatterton va Richie Kohler HMHS Britannic kemasini oʻrganishi kerak boʻlgan guruhni boshqargan. Guruh bir qator vazifalarni bajarishi kerak edi, jumladan, kema choʻkishiga sabab boʻlgan asosiy omillarni koʻrib chiqish. Jamoa RMS Titanicning choʻkishi haqidagi fikrni oʻzgartiradigan dalillarni ham qidirgan edi.
Jessop obrazi Chris Burgessning „Iceberg — Right Ahead!“ nomli spektaklida ham aks ettirilgan. Ushbu sahna asari 2012-yil mart oyida RMS Titanic kemasi choʻkib ketganining 100 yilligi munosabati bilan Highgatedagi Gatehouse tepaligida birinchi marta sahnalashtirilgan. Unda Jessop rolini Amy-Joyce Hastings ijro etgan[12].
2020-yilda chop etilgan Alma Katsuning „The Deep“ nomli tarixiy qoʻrqinchli romanida Violet Jessop obrazi ikkinchi darajali qahramon sifatida ishtirok etgan. Xayoliy bosh qahramon Jessop bilan Titanic kemasida ishlayotganda uchrashadi. Bosh qahramon unga ish taklif qiladi va keyinchalik u bilan birgalikda Britannic kemasida ishlaydi.
Yana qarang
tahrir- Wenman Wykeham-Musgrave, ketma-ket uchta kema halokatidan omon qolgan britaniyalik dengizchi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Damon, Duane (April 2012). „Angel of the White Star Violet Jessop“. Cobblestone. 33-jild, № 4. 16-bet.
- ↑ Kaplan, David A.; Underwood, Anne (25 November 1996). „The iceberg cometh“. Newsweek. 128-jild, № 22.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Jessop, Violet; Maxton-Graham, John. Titanic Survivor. Dobbs Ferry, New York: Sheridan House, 1997. ISBN 1-57409-184-0.
- ↑ „Violet Jessop Biography“. Biography.com. A&E Television Networks. 2012-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Solomon Reid, Deborah (1 January 1998). "Titanic survivor: the newly discovered memoirs of Violet Jessop who survived both the Titanic and Britannic disasters". The Women's Review of Books 15: 9.
- ↑ Stanley, Jo (April 2000). "With Cutlass and Compress: Women's Relations with the Sea". Gender & History 12 (1): 232–236. doi:10.1111/1468-0424.00179. ISSN 0953-5233.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Upton, Emily „The woman who survived all three disasters aboard the sister ships: The Titanic, Britannic, and Olympic“. Today I Found Out.com (2014-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
- ↑ Protasio, John (2012). "A Titanic Centennial". Naval History 26 (2): 48.
- ↑ 9,0 9,1 Gleick, Elizabeth; Carassava, Anthee (26 October 1998). „Deep Secrets“. Time International (South Pacific Edition). № 43. 72-bet.
- ↑ 10,0 10,1 Wynn, Stephen; Wynn, Tanya. Women in the Great War. Pen & Sword Books Limited, 2017 — 87-bet. ISBN 978-1-4738-6542-6.
- ↑ Jessop, Violet. Titanic Survivor. Sheridan House, 2012 — 224-bet. ISBN 978-1-4617-4032-2.
- ↑ „Iceberg – Right Ahead!“. Ovation Theatres. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
Havolalar
tahrir- „Violet Constance Jessop“. Encyclopedia Titanica.
- „England via Plymouth“. Plymouth.gov.uk. — „Violet Jessop third from left; with fellow Titanic Stewardesses at Millbay Dock, Plymouth England after return on SS Lapland April 1912“. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan.