Viraj
Viraj (frans. virer — burilmoq, tusini oʻzgartirmoq) — 1) burilish; 2) uchuvchilikda (pilotajda) gorizontal tekislikda berk egri chiziq (aylana) hosil qilib uchish; samolyotni bir xilda yonga ogʻdirib, oʻzgarmas ilgarilama tezlikda 360" burib uchiriladi. V. uchuvchidan katta mahorat talab qiladi; 3) avtomobil yoʻli burilishi joyi, velosiped treki, avtodrom qayrilmalarida bir tomonlama koʻndalang nishabi boʻlgan qismi; 4) anhor, kanal, nov va b.ning ravon buriladigan joyi tubidagi koʻndalang nishablik; 5) fotografiyada — fototasvirga rang berishda ishlatiladigan eritma.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |