Virusli granulyoz - hasharotlar, ayniqsa kapalaklarning virusli kasalligi. Kasallikni Bergoldiavirus turkumiga mansub virus qoʻzgʻatadi. Kasallik toʻqima xujayralaridagi virusning tarkibiy qismi-granula yoki donachalarning boʻlishi (tashqi koʻrinishidan bakteriyalar sporasiga oʻxshaydi) bilan aniqlanadi. Kuzgi tunlam V. g .i "soxta sariq" deb nomlanadi va u koʻrinishidan ipak qurtining sariq kasalligiga juda oʻxshaydi. Kuzgi tunlam barcha rivojlanish davrida V. g . bilan zararlanadi. Infeksiya zararkunanda organizmiga ovqat bilan birga kiradi. V. g .dan mikrobiologik himoya usulida foydalaniladi.

Granulyoz virusi asosida virin-OS preparati (ipak qurti uchun beziyon) ishlab chiqilgan. Preparatni oziqlanish davrida kuzgi tunlamga qarshi qoʻllash mumkin. Zararkunandani 80—90% gacha nobud qiladi. Titri 1 g da 4 mlrd. granula bulgan suspenziya ekinlarga purkaladi. Suspenziya sarf normasi 100 g/ga; ish suyuqligi 200 l/ga.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil