Viskozimetriya - fizikaning qovushoqlikni oʻlchash bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Gaz va suyuqliklarning qovushoqligini past va yuqori temperaturalar hamda bosimli sharoitlarda oʻlchashga toʻgʻri keladi. Masalan, suyultirilgan gazlar, eritilgan metallar, yuqori bosimli suv bug'i va boshqaning qovushoqligini oʻlchash ancha murakkab. V. ana shunday sharoitlarda qovushoqlikni oʻlchash masalalarini hal qilish bilan shugʻullanadi. Qovushoqlikni oʻlchashning 4 asosiy usuli: kapillyar, rotatsion, sharchali va ultratovush usullari keng tarqalgan. Bularning ishi tegishlicha Puazeyl qonuni, Stoke qonuni va oʻqdosh silindrlar orasida suyuqlikning oqish qonuniyatlariga asoslangan (qarang Viskozimetr).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil