Visla qoʻltigʻi - Boltiq dengizining Gdansk buxtasidagi sayoz qoʻltiq. Polsha va RF ning Kaliningrad viloyati hududida. Uzunligi 90 km, kengligi 2—2,5 km, chuq. 3—5 m. Dengizdan qumli Boltiq yoyi orqali ajralgan (uz. 60 km), shim.sharqda Gdansk buxtasi bilan boʻgʻoz orqali tutashgan (kengligi 860 m). Qoʻltiqqa Pregolya daryosi va Visla daryosi tarmogʻi — Nogat quyiladi. Portlari — Kaliningrad va Baltiysk (RF).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil