Vital boʻyash
Vital boʻyash (lot. vita - hayot) -organizm tirikligida unga zararsiz boʻyoqlar (mas., neytral qizil boʻyoq, litiyli karmin, tripan koʻki) kiritib, hujayra va toʻqimalariga rang berish. V. b. hujayra va toʻqimalar holatini tekshirish usullaridan biri. V. b. hujayralarda yuz beradigan biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni oʻrganishga yordam beradi. Organizmga yuborilgan boʻyoq tirik xujayralarning baʼzi kiritmalariga, mas., vakuolalar va zahira moddalarga rang beradi. Hujayra normal holatda boʻlsa, boʻyoq donachalar shaklida toʻplanadi, yadro bilan sitoplazma esa rangeizligicha qoladi. Agar hujayra zararlangan boʻlsa, boʻyoq donachalar hosil qilmasdan yadro va protoplazmaga yoyilib ketadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |