Vitaliy Buyalskiy
Vitaliy Kazimirovich Buyalskiy (ukraincha: Віталій Казимирович Буяльський; 1993-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — Ukrainaning professional futbol yarim himoyachisi. U Dinamo Kiyev klubi va Ukraina terma jamoasida oʻynaydi. Buyalskiy RVUFK Kiyev sport maktabi bitiruvchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vitaliy Kazymyrovych Buyalskyi | ||
Tavallud sanasi | 6-yanvar 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Kalynivka, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.70 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dinamo Kiyev | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006—2010 | RVUFK Kiyev | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010— | Dinamo Kiyev | 163 | (36) |
2013—2014 | → Hoverla Uzhhorod (ijara) | 20 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010—2011 | Ukraina 18 yoshgacha | 8 | (3) |
2010—2012 | Ukraina 19 yoshgacha | 16 | (2) |
2012 | Ukraina 20 yoshgacha | 2 | (2) |
2012—2014 | Ukraina 21 yoshgacha | 9 | (1) |
2017— | Ukraina | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 12-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 15-sentyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirDinamo Kiyev
tahrirBir muddat Dinamo Kv yoshlar jamoasida oʻynaganidan soʻng, Buyalskiy 2011-yil 21-sentyabrda Kremin Kremenchuk klubiga qarshi Ukraina kubogi doirasidagi safar oʻyinida soʻnggi besh daqiqa oʻynab, kattalar safida debyut qildi[2]. U Dinamo safidagi navbatdagi oʻyinini 2013-yilning 26-mayiga qadar kutishiga toʻgʻri keldi va Buyalskiy Ukraina Premyer ligasida Metalurh Zaporizhziaga qarshi debyutini oʻtkazdi[3].
Keyingi mavsumda Buyalskiy Hoverla Uzhhorodga muvaffaqiyatli ijaraga oʻtdi va u yerda 20 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014—2015-yilgi mavsumda Dinamoga qaytganidan soʻng, Buyalskiyga avvalgidan koʻra kattaroq rol berildi, u jami 23 ta oʻyinda, shu jumladan UEFA Yevropa ligasining oʻsha mavsumida 7 ta oʻyinda ishtirok etdi.
2015-yilning 16-sentyabrida Buyalskiy UEFA Chempionlar ligasidagi debyutini guruh bosqichida Portugaliyaning Porto klubiga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazdi. Shuningdek, u musobaqadagi ilk golini 89-daqiqada urdi va bu Dinamoga durang natijani keltirdi[4].
2018-yil 21-iyul kuni Buyalskiy oʻyindagi yagona golni urdi va Dinamo Ukraina Super kubogi 2018da raqibi Shakhtar Donetskni magʻlub etdi[5].
2021-yil fevral oyida Buyalskiy Dinamoning UEFA Yevropa ligasi 32-raundida Belgiyaning Brugge klubiga qarshi o‘yinning ikkala qismida ham gol urib, jamoasini umumiy hisobda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishida yetakchi rol oʻynadi va 1/8 finalga muvaffaqiyat bilan yo‘l oldi[6][7]. 2021-yil 21-aprelda Buyalskiy Ukraina kubogidagi ilk golini urdi va Dinamo yarim finalda ikkinchi divizion klubi Ahrobiznes Volochyskni 3:0 hisobida mag‘lub etdi[8]. Dinamo yakunda finalda Zorya Luhanskni magʻlub etib, liga va kubokning ikkalasida ham chempionlikni qoʻlga kiritdi[9].
Xalqaro faoliyati
tahrirBuyalskiy 2016-yil 5-sentyabrda Islandiyaga qarshi Jahon chempionati 2018 saralash o‘yinida 31 nafardan iborat Ukraina kattalar terma jamoasi tarkibiga kiritildi. U 2017-yilning 6-oktyabrida Shkoder shahridagi Loro Borici stadionida Ukraina terma jamoasining Kosovo ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida kechroq zaxiradan maydonga tushib debyut qildi[10].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 27-iyul holatiga koʻra[11]:
Klub | Mavsum | Liga | Ukraina kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Dinamo Kiyev | 2011—2012 | Ukraina Premyer ligasi | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2012—2013 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |||
2014—2015 | 11 | 2 | 5 | 0 | 7 | 1 | 0 | 0 | 23 | 3 | ||
2015—2016 | 18 | 2 | 3 | 0 | 7 | 2 | 0 | 0 | 28 | 4 | ||
2016—2017 | 21 | 1 | 2 | 0 | 4 | 1 | 1 | 0 | 28 | 2 | ||
2017—2018 | 26 | 4 | 2 | 0 | 13 | 2 | 1 | 0 | 42 | 6 | ||
2018—2019 | 22 | 3 | 2 | 0 | 11 | 2 | 1 | 1 | 36 | 6 | ||
2019—2020 | 27 | 9 | 3 | 0 | 6 | 2 | 1 | 0 | 37 | 11 | ||
2020—2021 | 20 | 5 | 3 | 1 | 11 | 3 | 1 | 0 | 35 | 9 | ||
2021—2022 | 16 | 9 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 22 | 9 | ||
2022—2023 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | - | 2 | 1 | |||
Jami | 162 | 35 | 21 | 1 | 66 | 14 | 6 | 1 | 255 | 51 | ||
Hoverla Uzhhorod (ijara) | 2013—2014 | Ukraina Premyer ligasi | 20 | 3 | 0 | 0 | — | — | 20 | 3 | ||
Faoliyati jami | 182 | 38 | 21 | 1 | 66 | 14 | 6 | 1 | 275 | 54 |
Xalqaro
tahrir- 2019-yil 14-noyabr holatiga koʻra[12]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2017 | 1 | 0 |
2018 | 3 | 0 | |
2019 | 4 | 0 | |
Jami | 8 | 0 |
Yutuqlari
tahrirDinamo Kiyev
- Ukraina Premyer ligasi: 2014—2015, 2015—2016, 2020—2021
- Ukraina kubogi: 2014—2015, 2019—2020, 2020—2021
- Ukraina Super kubogi: 2016, 2018, 2019, 2020
Manbalar
tahrir- ↑ „Буяльський Віталій Казимирович | Українська Премʼєр-Ліга | Офіційний сайт УПЛ - upl.ua“.
- ↑ „Kremin' vs. Dynamo Kyiv - 21 September 2011 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
- ↑ „Динамо напоследок разбило Металлург З“ (Russian). football.ua (2013-yil 27-may).
- ↑ „Dynamo Kyiv salvage late draw after Vincent Aboubakar double for Porto“. The Guardian (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „Динамо — володар Суперкубка України-2018“. UPL (2018-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „Dynamo Kyiv 1–1 Club Brugge“. UEFA (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „Club Brugge 0–1 Dynamo Kyiv“. UEFA (2021-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „КУБОК УКРАЇНИ. "ДИНАМО" ПЕРЕМОГЛО "АГРОБІЗНЕС" ТА ЗІГРАЄ У ФІНАЛІ ТУРНІРУ УВІСІМНАДЦЯТЕ“ (Ukrainian). UAF (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „КУБОК УКРАЇНИ-2020/2021. У ФІНАЛІ «ДИНАМО» ПЕРЕМОГЛО «ЗОРЮ» В ДОДАТКОВИЙ ЧАС ТА СТАЛО 13-РАЗОВИМ ВОЛОДАРЕМ ТРОФЕЯ“ (Ukrainian). UAF (2021-yil 13-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „Kosovo v Ukraine 0:2, football match 6 October 2017“ (en). eu-football.info. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
- ↑ „Ukraine - V. Buyalskyy - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
- ↑ „Vitaliy Buyalskyi - national football team player“ (en). eu-football.info. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.