Vitaliy Chernikov
Vitaliy Alekseyevich Chernikov 1959-yil 9-sentyabrda Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilasi 1966-yilda Toshkentdagi zilziladan keyin Kaluga shahriga koʻchib kelgan. Chernikov Rossiya davlat, munitsipal va jamoat arbobi. 1990-yildan 1991-yilgacha Kaluga shahar xalq deputatlari kengashining birinchi demokratik yoʻl bilan saylangan raisi[1]. 1991-yil avgustdagi toʻntarishdan soʻng, 1991-yil dekabrda Rossiya Prezidentining farmoni bilan Kaluga shahri maʼmuriyati rahbari etib tayinlangan.
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
9-sentyabr 1959-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Taʼlim | Moskva arxitektura instituti |
Kasbi | arxitektor |
Vitaliy 1980–1986-yillar oraligʻida Moskva arxitektura institutida tahsil olgan[2]. 2004-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Shimoli-Gʻarbiy Davlat boshqaruvi akademiyasida (Sankt-Peterburg) „Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish sohasidagi tizimli siyosiy va ijtimoiy ziddiyatlar“ mavzusida siyosatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilgan.
Karyera bosqichlari
tahrirChernikov 1988–1989-yillarda „Raduga“ ijodiy yoshlar uyushmasi direktori, 1989–1990-yillarda Leninskiy tumani bosh meʼmori hamda 1990–1992-yillarda Kaluga shahar kengashi raisi boʻlib ishlagan. 1991—1994-yillarda Kalugada mer, 1994–1996-yillarda Kaluga viloyati Qonunchilik Assambleyasi deputati, Qonunchilik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari hamda 1996-yil Kaluga viloyati gubernatori maʼmuriyati boshligʻi lavozimida xizmat qilgan. Mayor Vitaliy 1999–2001-yillar oraligʻida Rossiya Federatsiyasi munitsipalitetlari kongressining qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar boʻlimi boshligʻi bo'lib ishlagan. Bundan tashqari Kongress kotibining oʻrinbosari, Rossiya shaharlari ittifoqi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Vitaliy Fyodorovich 2013-yilda Kaluga shahar dumasiga saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan[3].
Siyosatshunos, Yevropa Xartiyasini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhi aʼzosi boʻlgan[4].
Chernikov 10-sinflar uchun „Byujetnaya gramotnost“ darsligi muallifi[5].
Oilali, ikki nafar farzandi bor. Vitaliy sheʼriy parodiyalar yozadi va xokkeyni yaxshi koʻradi.
Manbalar
tahrir- ↑ Победить кудесника. Зачем оппозиция борется с «самым эффективным губернатором». Репортаж Ильи Азара из Калужской области
- ↑ Черников Виталий Алексеевич[sayt ishlamaydi]
- ↑ Несистемная оппозиция: краткие наблюдения от «похода в регионы»
- ↑ «Лихие 90-е» — это страшилки
- ↑ Калужанин обучит школьников бюджетной грамотности