Viterit
Viterit [ingliz olimi W. Withering (1741—1799) nomidan] — karbonatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi VaSO3. Rombik singoniyali. Rangi oq, kulrang , sariq, baʼzan rangsiz. Yaxlit buyraksimon, sharsimon, tolasimon agregatlar, kamdan kam kristallar. Qattiqligi 3—3,5, s. og . 4,3. V. changi odam organizmiga zaharli taʼsir etadi. Odatda gidrotermal konlarda kalsit, dolomit Rv, Zn, Fe sulfidlari, koʻpincha barit bilan birga uchraydi. Ekzogen sharoitda hosil boʻlgan turlari maʼlum. V.ning yirik konlari juda kam. Yagona oʻziga xos V. koni Angliyada (Nortumberlend). Chuqurlikdagi issiq suvlardan hosil boʻladi. V. bariy va uning tuzlari olinadigan ruda. RF (Chelyabinsk viloyati), Ukraina (Donbass, Podoliya va b.), Turkmanistonda topilgan. Oʻzbekistonda barit tomirlarida uchraydi (Qurama tizmasi va b.). Rezina va qogʻoz sanoatida, yuqori sifatli oq boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |