Vitgig reaksiyasi
Vitgig reaksiyasi - aldegidlar yoki ketonlarga fosfor ilidlari (alkilidenfosforanlar) taʼsir ettirib olefinlar olish. G. Vittig kashf etgan (1954). Bu reaksiya uchun, odatda, yangi tayyorlangan ilidlardan foydalaniladi. Ularni trifenilalkilfosfoniyga litiyorganik birikmalar yoki geksaalkiltriamidoalkilfosfoniyga ishqorlar taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. V. r. nozik organik sintezda, mas., boshlangʻich birikmadagidan bir atom uglerodi koʻp boʻlgan aldegidlar, shuningdek, poliyenlar, geterotsiklik birikmalar olishda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |