Vittixenit (Germaniyadagi Vittixen joy nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CUjBiSj. Rombik singoniyali. Mayda halqasimon va plastinkasimon va shakleiz agregatlar. Rangi toʻqkulrang , qoʻrgʻoshinsimon. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 2—3. S. of. 6,3—6,7. Gidrotermal kontaktmetasomatik konlarda mis va vismut minerallari bilan birga hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Qurama (Qalmoqkir, Oqtosh, Adrasmon, Mazbuloq) va b. volfram-molibden konlari (Ingichka, Yaxton, Choshtepa)da uchraydi. V. Germaniyada (Vittixen), AQShda (Byut) va b. joylarda maʼlum. Mis, vismut olinadigan ruda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil