Vittorio Emanuele II (oʻqilishi: Vittoriyo Emanuil Ikkinchi; toʻliq ismi: Vittorio Emanuele Maria Alberto Eugenio Ferdinando Tommaso di Savoia; 1820-yil 14-mart, Turin — 1878-yil 9-yanvar, Rim) — Sardiniya qiroli (1849—61), Birlashgan Italiyaning 1-qiroli (1861—1878). Risorjimento harakati davrida liberallar (Camillo Benso va boshqalar) ni quvvatlagan va respublika — demokratlar lageri bilan kurashgan, lekin ayni paytda Giuseppe Garibaldining harbiy gʻalabalari va omma orasidagi mashhurligidan oʻzining sulolaviy maqsadlarida foydalanishga harakat qildi.

Vittorio Emanuele (tax. 1861-yil)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil