Vivariy

turli hayvonlar, aksariyat tajriba-eksperimental ishlarda foydalaniladigan hayvonlar asraladigan bino

Vivariy (lot. vivus — jonli) — turli hayvonlar, aksariyat tajriba-eksperimental ishlarda foydalaniladigan hayvonlar asraladigan bino, hayvonxona. V.dan hayvonlarni koʻpaytirish pitomnigi tarzida foydalanish ham mumkin. Odatda, V.larda it, mushuk, quyon, sichqon, dengiz choʻchqasi va b. saqlanadi. V. tarkibiga akvarium, insektoriy, terrarium, qushlar uchun volerlar ham kirishi mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil