Friedrich von Wieser
VIZER (Wieser) Fridrix (1851.10.7, Vena — 1926.22.7, Sankt Gilgen) — Avstriya iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi namoyandasi. 1903-yildan Vena universitetida siyosiy iqtisod prof. U K. Menger va E. ByomBaverk bilan birgalikda meʼyoriy naflik nazariyasini ishlab chiqdi va mazkur atamani fanga kiritdi (qarang Meʼyoriy naflik nazariyasi). Marksning qiymatning mehnat nazariyasi va qoʻshimcha qiymat nazariyasini rad etishga harakat qildi. V. yaratilgan mahsulotning i.ch.ning 3 omili — mehnat, yer va kapital hissasiga toʻgʻri keladigan muayyan qismlari qiymati nazariyasini yaratdi. U kiymat, pul va real daromadlar nisbatiga qarab belgilanadigan pul nazariyasini ilgari surdi. V. qarashlari Gʻarb mamlakatlaridagi iqtisodiyot faiiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |