Vladimir Aleksandrovich Fock
Biografiyasi
tahrirU Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tugʻilgan. 1922-yilda Petrograd universitetini tugatgan, soʻngra aspiranturada oʻqishni davom ettirgan. 1932-yilda u yerda professor boʻldi. 1919-1923 va 1928-1941-yillarda Vavilov nomidagi Davlat optik instituti, 1924-1936-yillarda Leningrad fizika-texnika instituti, 1934-1941 va 1944-1953-yillarda Leningrad fizika-texnika instituti bilan hamkorlik qildi. instituti.
Ilmiy ishlari
tahrir1931-yilda Leningradda „Kvant mexanika asoslari“ kitobi bosilib chiqdi. Uning muallifi Davlat optika institutining 33 yoshli xodimi, keyinchalik (1932-yildan) Leningrad universitetining professori, akademik (1939-yildan) Vladimir Aleksandrovich Fok edi. Bu kitob kvant mexanikaga doir SSSRda birinchi sistemalashtirilgan darslik boʻldi: fiziklarning koʻp avlodi ana shu darslikdan foydalanishgan.
Mashhur sovet olimi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni V. A. Fok nazariy fizika rivojiga katta hissa qoʻshdi. Uning ishlari tortishish nazariyasiga, elastiklik nazariyasiga, optikaga, kvant mexanikaga, kvant maydon nazariyasiga bagʻishlangan. Fok kvant maydon nazariyasida kvant mexanika metodlaridan foydalandi. Zarralarning oʻzaro aylanishi, bir zarraning paydo boʻlishi, ikkinchisining yoʻqolishini miqdor jihatidan iqkilamchi kvantlash metodi deb ataladigan metod yordamida ifodalash mumkin. Uni 1927-yilda ingliz olimi P. Dirak taklif qilgan va keyinchalik (1932) V. A. Fok oʻz ishlarida rivojlantirgan.
V. A. Fok bilan ishlash sharafiga muyassar boʻlgan kishilarning barchasini uning chuqur matematik fikrlashi, murakkab masalalarni oddiy va kutilmagan usullarda yecha olishi hayratga solardi. Ayrim tenglama va metodlar V. A. Fok nomi bilan bogʻliq. Nazariyotchi fiziklar kvant mexanikaning toʻlqin tenglamasini umumlashtirish asosida chiqarilgan Kleyn-Gordon-Fok tenglamasi bilan, koʻp elektronli sistemalarning kvant nazariyasidagi Xartri-Fok metodi bilan yaxshi tanish.
Radiotoʻlqinlarning tarqalish nazariyasiga doir fundamental tadqiqotlari uchun V. A. Fok 1946-yilda SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Uning kvant mexanika va nisbiylik nazariyasiga doir tadqiqotlari 1960-yilda Lenin mukofotrga sazovor boʻldi.