Vladimir Pavlovich Devlet [1890.29.9 (11.10), Tambov – 1958.15.12, Toshkent] – opera xonandasi (bariton), Oʻzbekistan xalq artisti (1945). Dastlab Kiyev opera teatri sahnasida chiqqan (1917). 1920—35 yillarda Odessa, Tbilisi, Sverdlovsk, Vladivostok va b. shahar opera teatrlarida ishlagan. 1937-yildan Toshkent rus opera va balet teatri, 1948-yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. 1938-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1942-yildan dotsent). Ovozi keng diapazonli boʻlib, ijro uslubi yetuk vokal texnikasi bilan ajralib turadi. Onegin, Yeletskiy (P. Chaykovskiy, „Yevgeniy Onegin“, „Qargʻa motkasi“), Knyaz Igor (A. Borodin, „Knyaz Igor“), Rigoletto, Jermon (J. Verdi, „Rigoletto“, „Traviata“), Tonio (R. Leonkavallo, „Masharabozlar“), Eskamilo (J. Vize, „Karmen“) va b. partiyalarni ijro etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Devlet Vladimir Pavlovich" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil