Vladimir Yefimovich Klimovskix (ruscha: Владимир Ефимович Климовских; 1885-yil1941-yil, 27-iyul, Qoʻqon, Rossiya imperiyasi) — 1941 yil iyun oyida Sovet Ittifoqiga Germaniya bosqinining dastlabki bosqichida (Barbarossa operatsiyasi) armiya generali Dmitriy Pavlov boshchiligidagi G'arbiy maxsus harbiy okrug va G'arbiy frontning shtab boshlig'i bo'lgan sovet generali. Bialystok-Minsk jangidagi magʻlibiyatdan so'ng, Klimovskix, general Pavlov va butun front shtabi ( ofitser Ivan Boldin bundan mustasno) Moskvaga chaqirilib, harbiy qobiliyatsizlikda ayblanib, iyul oyida qatl etildi.

Vladimir Klimovskix
Asl ismi Владимир Ефимович Климовских
Tavalludi 27-may 1885-yil
Qo'qon
Vafoti 27-iyul 1941-yil
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi (1914–1917)
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (1918–1922)
SSSR bayrogʻi SSSR (1922–1941)
Xizmatdagi yillari 1914-1941
Unvoni General-mayor
Lavozimi G'arbiy maxsus harbiy okrugi va G'arbiy front shtab boshlig'i
Mukofotlari Qizil Bayroq ordeni

Yoshlik davri va birinchi jahon urushi tahrir

Klimovskix 1895-yil 27-mayda Qo‘qonda tugʻilgan. Klimovskix 1912 yilda Toshkentdagi Realschuleni tamomlagach, Moskvada joylashgan Possiya imperiyasining Alekseyev nomidagi harbiy maktabiga o‘qishga kiradi va uni 1914 yilda tugatadi. U 3-Sibir qurolli boʻlinmasining 11-polkiga tayinlangan va 1918 yil fevral oyida u tarqatib yuborilgunga qadar bu polkda xizmat qilgan. Klimovskix Birinchi jahon urushida shimoliy frontda jang qilgan. U yerda batalyon komandiridan pastroq lavozimlarda xizmat qilgan. Fevral inqilobidan keyin u polk qo'mitasi a'zosi va batalyon komandiri etib tayinlandi. Klimovskix imperator armiyasidagi xizmatini kapitan unvoni bilan tugatdi; 1918 yil boshida u o'z polki bilan Kiyev yaqinida Ukraina Markaziy brigadasi qo'shinlariga qarshi jang qildi[1].

Rossiya fuqarolar urushi tahrir

Klimovskix 1918 yil iyun oyida Qizil Armiya safiga qo'shildi va bosh shtab akademiyasiga o'qishga kirdi. Akademiyaning Qozonga evakuatsiya qilinishi, uning guruhi va talabalar jamoasining bir qismi Oq harakatga o'tishi sababli u o'qiy olmadi. Klimovskix Rossiya fuqarolar urushida qatnashgan. 1918 yil avgustdan Sharqiy frontda 5-boʻlinma shtab boshlig'ining yordamchisi bo'lib xizmat qilgan. Keyinchalik u 3-boʻlinma shtabida operatsiya bo'limi boshlig'i bo'lib xizmat qildi va 1919 yil mart-aprel oylari orasida 27-oʻqchi boʻlinmasida shtab boshlig'i vazifasini bajaruvchi edi. Klimovskix Oq harakatning sharqdagi mag'lubiyatidan keyin G'arbiy frontga o'tkazildi va 1920 yil aprel-may oylarida 16-armiya shtabida operatsiya bo'limi boshlig'i, 57-o'qchilar boʻlinmasi shtab boshlig'i va Mozir kuchlari guruhi shtab boshlig'i sifatida Polsha-Sovet urushida jang qildi[1].

Urushlar orasidagi davr va ikkinchi jahon urushi tahrir

Fuqarolar urushidan keyin u piyodalar boʻlinmasi shtab boshlig'i, bo'lim boshlig'i, harbiy okruglar shtab boshlig'ining yordamchisi bo'lgan. 1932 yil dekabrdan 1936 yil iyungacha u Frunze nomidagi harbiy akademiyaning professor-o'qituvchilari lavozimida ishlagan. 1935 yilda unga brigada komandiri unvoni berildi. 1936 yil iyuldan u armiya inspektori yordamchisi, so'ngra 1938 yil fevral oyida Bosh shtab Harbiy akademiyasida katta o'qituvchi bo'lib ishlagan. 1939 yil sentyabr oyida u shtab boshlig'ining o'rinbosari etib tayinlandi, so'ngra 1940 yil iyulidan G'arbiy maxsus harbiy okrugi shtab boshlig'i lavozimida ishladi.

Sharqiy frontda urush boshlanishi bilan u armiya generali Dmitriy Pavlov boshchiligidagi G'arbiy frontning shtab boshlig'i etib tayinlandi. 1941-yil 22-iyundan 3-iyulgacha Bialystok-Minsk jangida qoʻmondonlik qilgan. 1941-yil 8-iyulda qoʻmondonlikdan boʻshatilgan va harakatsizlikda va qoʻshinlar ustidan nazoratning qulashida ayblangan. 1941-yil 22-iyulda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilingan.Hukm 1941-yil 27-iyulda “Kommunarka” poligonida oʻqilgan. 1957 yilda vafotidan keyin reabilitatsiya qilindi.

Mukofotlari tahrir

Rossiya imperiyasi
  4-darajali Muqaddas Vladimir ordeni
  „Jasorat uchun“ 4-darajali Sankt-Anne Ordeni[2].
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
  Qizil Bayroq ordeni (22-Fevral, 1938-yil)
  „SSSR Qurolli Kuchlariga 20 yil“ yubiley medali (1938-yil)

Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir