Vladimir Kovalevskiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Vladimir Onufriyevich Kovalevskiy (1842.2(14).8, Latviyaning Dinaburg uyezdi Shustyanka qishlogʻi — 1883.16(28).4, Moskva) — rus tabiatshunosi, evolyusion paleontologiyaning asoschisi. A. O. Kovayayevskiyning ukasi. Peterburg huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1861). Paleontologiya sohasida tadqiqot olib borgan. Qazilma suyak qoldiqlarini tadqiq qilish asosida ot ajdodlarining evolyusiyasini tushuntirib bergan. Organizmning moslashuvchanlik va moslashmaslik evolyusiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratgan, mezozoy va kaynozoy choʻkma jinslarining stratigrafiyasi masalalarini ishlab chiqqan.[1]
Manbalar
tahrir- Sobraniye nauchnix trudov, t. 1—3, M., 1950-60.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |