Vladimir Nikolayevich Kulikov (1908-yil 4-avgust, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi – 1990-yil 24-aprel, Toshkent[1]) – Paxta-Orol sovxozi direktori, Qozogʻiston davlat va partiya yetakchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1959). Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati.

Vladimir Nikolayevich Kulikov
Tavalludi 4-avgust 1908-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-aprel 1990-yil(1990-04-24)
(81 yoshda)
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Vladimir Kulikov 1908-yilda Sankt-Peterburgda tugʻilgan[2]. 1930-yil boshida u Oʻzbekistonga koʻchib oʻtadi va Kermen paxta zavodida ish boshlaydi. Mehnat faoliyatini zavodda mexanik yordamchisi sifatida boshlagan va shu zavoddagi mehnat faoliyatini yakunlagach, uning direktori etib tayinlangan. 1942-yilda Oʻzbekiston SSR paxta sanoati xalq komissarining oʻrinbosari etib tayinlandi. 1943-yildan Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[3]. Demobilizatsiyadan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, 1953-yilgacha partiya rahbarlik lavozimlarida ishladi. 1953-yil oktyabrda Chimkent viloyatidagi „Paxta-Orol“ paxtachilik sovxoziga direktor etib tayinlanadi. 1965-yildan Oʻzbekiston SSR Davlat plan komitetida ishlagan.

Vladimir Kulikov rahbarligida „Paxta-Orol“ sovxozi Chimkent viloyatidagi yetakchi qishloq xoʻjaligi kolxozlaridan biriga aylandi. Kolxoz 8,5 ming ga paxta va 2,5 ming ga gʻalla maydonlaridan iborat edi. 1954-yilda sovxoz 5250 gektar ekin maydonining har gektaridan oʻrtacha 34 sentnerdan paxta xom ashyosi oldi. Ushbu yuqori koʻrsatkichlari uchun Vladimir Kulikov Lenin ordeni va Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlangan.

1956—1957-yillarda „Paxta-Orol“ sovxozi paxta xomashyosi hosildorligi gektariga 35 sentnerga yetkazildi. Sovxozni samarali boshqargani uchun Vladimir Kulikov 1959-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Qozogʻiston SSR Kompartiyasi Chimkent viloyat qoʻmitasi aʼzosi, Xalq deputatlari Chimkent viloyat Kengashi va Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.

1990-yil 24-aprelda vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir