Obruchev Vladimir Afanasyevich (1863. 10.10, hozirgi Tver viloyati — 1956, 19. 6, Moskva) — rus geologi va geografi, akademik (1929), Peterburg konchilik institutini tugatgan (1886), Tomsk texnologiya institutida (1919—21), Simferopol universitetida (1918—21) va Moskva konchilik akademiyasida (1921—29) professor Abadiy toʻngliklarni oʻrganish komissiyasi raisi (1930—39), Fanlar akademiyasi Toʻnglikshunoslik instituti direktori (1939—56), Fanlar akademiyasi geol.geografiya boʻlimining akademik-kotibi (1942—46). O. Sibir, Markaziy va Oʻrta Osiyo geol.sini tadqiq etgan. Neogentoʻrtlamchi davrda Yer poʻstining vertikal harakati ahamiyatini asoslagan. Tyanshan togʻlarining geol. sini atroflicha oʻrgangan. 1886—88 yillarda Qoraqumda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va qumli relyeflarni 4 tur (barxanli, egri-bugri, joʻyakli va choʻl)ga ajratgan. Jungʻariya Olatovida bir qancha neft, oltin va boshqa konlarni ochgan. Ilmiy ishlari rudali konlar geol.si, geomorfologiya, geogr.ga bagʻishlangan.

O. nomiga Rossiya Fanlar akademiyasi Toʻnglikshunoslik instituti, Kyaxta shahrida oʻlkashunoslik muzeyi, koʻpgina geografik obʼyektlar, muzlik, togʻ, mineral buloqlar, Xi-toydagi bir qancha toshqotgan jinslar va boshqa qoʻyilgan. Fanlar akademiyasi Sibir geologiyasi boʻyicha olib borilgan ishlarga V.A.Obruchev nomidagi mukofot taʼsis etgan. As: Geologiya Sibiri, M., 1935—38; Rudnie mestorojdeniya, M., 1935; Istoriya geologicheskogo issledovaniya Sibiri, M., 1931—49; Po goram i pustinyam Azii, M., 1948; Izbrannie raboti po geografii Azii, M., 1951.

Adabiyot

tahrir
  • Mirzayev E., Vladimir Afanasyevich Obruchev, T., 1964.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil