Vladimir Vladimirovich Velyaminov-Zernov [1830.31.10(12.11), Peterburg — 1904.30.1(12.2), Kiyev] — tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog . Peterburg FA akad. (1861). Velyaminov-Zernov "Qirgʻiz-qaysaqlar hamda Rossiya bilan Oʻrta Osiyoning Abulxayrxon (1748—65) vafotidan keyingi munosabatlariga oid tarixiy maʼlumotlar" (1—2jild; 1853—55), "Muhammad Alidan Xudoyorxonga qadar Qoʻqon xonligi haqida tarixiy maʼlumotlar" (1856) kabi asarlarida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlari tarixini tadqiq etgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklarida mavjud boʻlgan pul munosabatlariga oid asarlar yozgan. A. Navoiy asarlari asosida 16-asrda tuzilgan "Abushqa" lugʻatini nashr ettirgan (1867).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil