Vodiliy (taxallusi; asl ismi Soʻfiyev Abdurahmon) (1893, Fargʻona, Vodil qishlogʻi — 1965, Toshkent) — oʻzbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvgʻin va taʼqiblarda yashagan. V.ning „Devon“i (1963), farzandlariga yozgan oʻgitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“, Alisher Navoiyning „Lison ut-tayr“ dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning „Alvohi intiboh“ asarlariiing oʻzbekcha tabdili V. qalamiga mansub. Sheʼrlarida ozodlik yoʻlida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil