Vodorod yodid, HJ — vodorod bilan yod birikmasi: rangsiz, havoda tinmay tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash temperaturasi —35,4°, suyuqlanish temperaturasi — 50,9°, zichligi 2,86 g/sm3, yuqori temperaturada parchalanib, vodorod bilan yodga ajraladi. Suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. U juda kuchli kislota va qaytaruvchidir; havoda oson oksidlanib, yod ajratib chiqaradi. Sanoatda 500° da vodorodni katalizator (platina) ishtirokida yod bilan biriktirib, laboratoriyada esa fosfor yodidni gidrolizlab olinadi. Vodorod yodid yodidlar tayyorlashda, organik sintezda qaytaruvchi sifatida qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil