Vokoder (ing . voill coding — tovushni kodlash)—aloqa kanalidan nutq emas, balki nutqni tahlil qilish natijasida hosil boʻladigan signallar (kodlar) uzatiladigan telefon aloqa tizimi. Tovush signalining chastota spektrini (tovush toʻlqinlari yigʻindisiii) qisqartirib beradi, bir normal telefon aloqa kanali oʻrnida yuzdan ortiq aloqa kanali hosil qilishga imkon beradi. V. asosan tovush analizatori va tovush sintezatoridan iborat. Tovush analizatori parallel ishdovchi bir necha elektr filtrdan tuzilgan. U uzatilayotgan tovush signallarining ayrim xususiy belgilarini aniqlab, ularni liniyaga uzatadi. Tovush sintezatori esa shu belgilarga qarab asosiy tovushni qayta tiklaydi. V. ning kamchiligi shuki, tiklangan tovush uzatilayotgan tovushga oʻxshamaydi ("mexanik tovush" hosil boʻladi). V. maxsus aloqa yoʻllarida qoʻllanadi.

Markaziy temir yoʻl vokzali (Toshkent, 2000).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil