Volframit — volframatlar guruxiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (Fe, Mn) [WO4]. Qoʻshimchalari Zn, Mg, Ta, Nb, Th, Sc va b. Monoklin singoniyali. Prizmatik kristallar. V.ning temirga boy turi — ferberit, marganesga boy turi — gyubnerit.

Rangi qoʻngʻir-qora. Qattiqligi 5—5,5; s. ogʻ. 6,7—7,5. Tarkibida temir boʻlgan xillari ogʻirroq, kuchsiz magnitli xususiyatga ega. Greyzenlar va kvars tomirlarida muskovit, topaz, flyuorit, berill, vismutin, kassiterit, molibdenit, arsenopirit, kamroq antimonit bilan birga uchraydi. Volfram olinadigan asosiy ruda. V.dan olingan volfram metallurgiyada oʻta qattiq qotishmalar tayyorlashda, elektrotexnika, kimyo, chinni sanoati va kulolchilikda ishlatiladi. V. Oʻzbekistonning Chatqol va Nurota togʻlarida uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil