Volost sudi - Rossiyada umumiy sudlardan alohida turgan (ajratilgan) quyi tabaqa dehqon sudi (1861 — 1917). Hayʼati rais va sud maslahatchilaridan iborat boʻlib, mahalliy urf-odatlarga tayangan holda, dehqonlar turmushida koʻp uchraydigan fuqarolik va jinoyat ishlarini koʻrgan, 1861-yilgi yer islohotidan keyip qishloqlarda volost miqyosida dehqonlar oʻrtasidagi oldi-berdilarni, mulk taqsimlash va merosga oid ishlarni muxrkama qilgan. V. s (hayʼati aʼzolari) dehqonlarning umumqishloq yigʻinida saylangan, raisi yuqori maʼmuriyat tasdigʻidan oʻtkazilgan. Turkistonda volost (kent — q. Viloyat) qozi va biylari faqat hududiy jihatdan shahar qozi va biylaridan farqlangan. 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan soʻng V. s. tugatilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil