Volt-amper harakteristikasi
Volt-amper harakteristikasi — tokning elektr zanjir elementiga qoʻyilgan kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element orqali oʻtayotgan elektr tokiga bogʻlanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). Volt Amper xarakteristikasi asboblarning turiga qarab toʻgʻri chiziq yoki egri chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bogʻlliq boʻlmasa, Volt Amper xarakteristikasi koordinata boshi orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi. Volt Amper xarakteristikasi yordamida asboblarning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish va ularning tegishli parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va qurilmalarda ishlatilishi ularning volt Amper xarakteristikasiga qarab belgilanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |