Volta ustuni — amalda ishlatish uchun yaroqli dunyoda birinchi kimyoviy tok manbai; ketma-ket ulangan bir nechta volta elementiayan iborat galvanik batareya. A. Volta taklif qilgan. V.u. elementlarining elektrodlari elektrolit shimdirilgan gʻovak material (movut va qogʻoz)dan qilingan qistirmali disklardan iborat. Kimyoviy reaksiya natijasida V.u. chiqiklarida potensiallar farqi vujudga keladi.

Uning qiymati ketma-ket ulangan barcha elementlarning e.yu.k.ga teng boʻladi (100 V va undan katta boʻlishi mumkin). V.u. amalda qoʻllanish (mas., elektr yoyi hosil qilish) bilan birga boshqa ancha mukammal kimyoviy elektr toki manbalarining yaratilishiga asos boʻldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil