Voltampermetr
Voltampermetr — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas elektr zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni oʻlchaydigan asbob.
Magnitoelektr, elektromagnit, elektrodinamik, toʻgʻrilagich, issiqlik va raqamli mikroelektron turlari bor. Voltampermetrlar koʻchma va shchitlarga oʻrnatiladigan qilib ishlab chiqariladi. Voltampermetr laboratoriyalarda, zavod sexlarida, kundalik turmush va dala sharoitlarida qoʻllanadi. Keyingi vaqtlarda voltampermetrlarning ancha ixcham va puxta ishlaydigan zamonaviy xillari ishlab chiqarilmoqda. Ularning asosini mikroelektron sxemalar tashkil etadi. Voltampermetr tok kuchini amper (A), kuchlanishni volt (V)larda oʻlchaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |