Voltamperommetr
Voltamperommetr – elektr zanjiridagi tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan asbob. Asosan magnitoelektr milliampermetr va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich asosida turli voltamperommetrlar ishlab chiqarshgadi. Masalan, S56 rusumli V. 0,0003 dan 6 ampergacha tok kuchini, 0,3 dan 600 voltgacha kuchlanishni, 3000 kOm gacha qarshilikni oʻlchaydi. Keyingi vaqtlarda oʻta ixcham va puxta raqamli voltamperommetrlar ishlab chiqarilmoqda. Voltamperommetrlar kundalik turmushda, zavodlarda, laboratoriyalarda har xil elektr va radiojihozlarni tekshirish, tuzatish hamda radiomontaj ishlarini bajarishda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |