Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor. Ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali boʻladi. Oʻzgaruvchan tok elektron voltmetrlari diodli toʻgʻrilagichlar, kuchaytirgich va oʻlchash mexanizmidan tashkil topgan. Oʻzgaruvchan tok voltmetrlarining asosiy qismlari: toʻgʻrilagich (T), oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichi (K), oʻzgarmas tok kuchaytirgichi (OʻTK) va oʻlchash mexanizmi (OʻM)dan iborat. Oʻlchash mexanizmlari koʻpchilik hollarda raqamli qilib yasaladi.

Voltmetr
Voltmetr

Toʻgʻrilagichlarda yuqori chastotali diodlardan foydalanilganda elektron voltmetrlar 20—30 Gs dan 100—300 MGs gacha chegarada aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok elektron voltmetrining asosiy qismini modulyator (M), kuchaytirgich (K), toʻgʻrilagich (T) hamda oʻlchash mexanizmi tashkil etadi. Universal elektron voltmetrlar ham shunday tuzilgan. Yuqorida koʻrsatilgan sxemalarda asosan zamonaviy yarimoʻtkazgichli elementlar (diodlar, tranzistorlar va turli integral mikrosxemalar) ishlatiladi. Raqamli voltmetrlarning turli xillari, masalan, F 219, F229, V7-38 rusumlilari kundalik turmushda va i.ch.da ishlatiladi.

Yana qarang tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil