Volxov
Volxov — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi daryo. Ilmen koʻlidan boshlanib, Ladoga koʻliga quyiladi. Uz. 224 km. Havzasining mayd. 80,2 ming km2. Quyi qismida Volxov GES bor. Noyab. oxirlarida muzlab, aprel boshlarida muzdan boʻshaydi. V .da boshidan oxirigacha kema qatnaydi. V. Vishniy Volochyok suv sistemasiga kiradi. Asosiy pristanlari: Novgorod, Volxov, Kirishi, Novaya Ladoga.
Volxov | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 224 km |
Maydoni | 80 200 km² |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
ГВР | 01040200612102000018509 |
Vikiomborda "Volxov" nomli sahifa mavjud |
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil