Volyuntarizm (lotincha: voluntasiroda) — 1) irodani borliqning eng oliy koʻrinishi, tamoyili deb qarovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi aql-idrok, ratsionalizmdan farqli oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqdi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aql-drokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu bilan Kant falsafasi, klassik falsafadan oʻzgacha yoʻl tutdi. F. Nitsshe ham Shopengauer taʼsirida falsafaning markaziga inson irodasini qoʻyadi. Lekin uning talqinida iroda hokimlikka intilishni bildiradi. Nitsshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun oʻta kuchli iroda egalari boʻlgan "oliy shaxoga sigʻinishni falsafiy asoslashga urinadi; 2) tarixiy jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, oʻzboshimchilik bilan siyosat yuritish, oʻz xohish- irodasini hamma narsadan yuqori qoʻyish. V. sobiq Shoʻrolar davrida keng quloch yoydi. Oʻzboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil