Vombatlar (Vombatidae yoki Phascolomyidae) — xaltalilar oilasi. Avstraliyada miotsendan boshlab maʼlum. Uzunligi 67—105 sm, vazni 20—35 kg . Dumi rudimentar, oyoklarida yirik tirnoqlari bor. Sut bezi soʻrgʻichi 2 ta. Tishlari doimo oʻsib turadi, kurak tishlarining orqa tomoni emalsiz. Jan.-Sharqiy Avstraliya, Tasmaniya va Flindere o.larida uchraydi. Pasttekislik, togʻ oʻrmonlari va savannalarda yashaydi. 30 m gacha uzunliqda in quradi. Oʻsimlikxoʻr. Bir yilda 1 marta bitta bola tugʻadi. 2—3 turi maʼlum. Bir turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil