Vorux kitobalari
Vorux kitobalari, Vorux katibalari — yozuv yodgorlik. Isfayramsoy (Fargʻona vodiysi)ning yuqori qismidagi Vorux qishlogʻi yaqini (4 km nari)dan topilgan. U tik qoyatoshga kufiy yozuvda oʻyib bitilgan. V. k. balandligi 2 m., uz. 6,15 m. 1041-yilga oid 1-kitobada qoraxoniylar sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abulfazl Abbos Arslon Teginning nomi va nasabi, uning ayrim ishlari yozilgan. 2-kitoba hali oʻqilmagan; bunisi 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida yozilgan deb taxmin qilinadi. V. k. qoraxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |