Votchina
Votchina — 1) Rossiyada yer egaligining merosiy ravishda oʻtadigan qad. turi. 10—14-asrlar (knyaz, boyar, monastir V.si ), 13—15-asrlarda yer egaligining hukmron shakli. 15-asr oxirida pomestega qarshi turgan, lekin 16—17-asrlarda u bilan yaqinlashib, 18-asr boshida birlashib ketgan va yangi tur imeniye vujudga kelgan. Keyinchalik V. — har qanday feodal yer egaligi. 2) Rossiya tarixiy adabiyotlarida feodal yer egaligi majmuasi va u bilan aloqador tobe dehqonlarga boʻlgan huquqlarni anglatuvchi termin. V. sinonimlari — senoriya, manor, pomeste.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |