Voyevoda
Voyevoda (rus.) — 1) qushin boshligʻi, slavyan xalqlarida hukmdor. Rusda 10-asrdan maʼlum. Rossiya davlatida — polk, otryad (15-asr oxiri — 18-asr boshi), shahar (16-asr oʻrtasi — 1775) va viloyat (1719—75) boshligʻi. 2) (Voyevodlik) — Polshadagi asosiy maʼmuriyhududiy birlik.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |