Mixail Vrubel
(Vrubel Mixail Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Aleksandrovich Vrubel [1856.5(17).3, Omsk - 1910.1(14).4, Peterburg] — rus rassomi. Peterburg Badiiyot akadimyasi akademik (1905). Vrubel oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼati, antik dunyo mifologiyasi va rus ertaklaridan ilhomlangan; yuksak mahobatli uslub va milliy shakllar izlash, bezakka eʼtibor uning asarlariga "modern" uslubiga xos xususiyatlar baxsh etgan. "Eron gilami fonidagi qiz" (1886), "Nastarin gul" (1900), "Hamlet va Ofeliya" kabi asarlari rassomga shuhrat keltirdi. "Demon" (1890) asarida "mangu mavzu" yaxshilik va yomonlik masalasini ramziy maʼnoda yosh, goʻzal, pahpavon isyonkor Demon qiyofasida ifoda etdi. Shuningdek, "Venesiya" (1894), "Folbin" (1895), "Oqqush-malika" (1900) kabi asarlari ham mashhur.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |