Vual
Vual (frans. voile — parda, choyshab) — 1) toʻqimachilikda — jun, paxta tolalari va ipakdan toʻqiladigan silliq, shaffof gazlama. Oxorlab, boʻyab yoki gul bosib ishlab chiqariladi. Koʻpincha, oʻngi kashta gullar bilan bezatiladi. V.dan asosan ayollar koʻylagi, baʼzan deraza pardalari, karavot choyshablari tikiladi; 2)fotografiyada — ochiltirilgandan keyin foto-tasvirning qorayibroq chiqqan joylari. Asosan, juda sezgir fotomateriallarda kuzatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |