Vujudiyun — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan falsafiy taʼlimot; panteistik (qarang Panteizm) dunyoqarashni ifodalaydi. Unga koʻra, Alloh va real borliq bir butun vujud — mavjudotni tashkil etadi. Alloh va borliqni bir-birisiz tasavvur etib boʻlmaydi, ular sabab-oqibat shaklida bir-biri bilan uzviy bogʻlangan. V. taʼlimoti turli mutafakkirlar tomonidan turli mazmunda talqin qilingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil