Bension Vul
(Vul Bension Moiseevichdan yoʻnaltirildi)
Bension Moiseevich Vul (1903.9.5, Belaya Serkov, Rossiya — 1985, Moskva) — fizik olim, akademik (1972). Ilmiy ishlari dielektriklar va yarimoʻtkazgichlar fizikasiga oid. Yangi segneto-elektrik — bariy titanat (BaTiO3) ni kashf etdi (1944) va uning xossalarini tekshirdi. Vul rahbarligida yari-moʻtkazgichli diodlar, triodlar, kvant generatorlari ishlab chiqildi. U yarim-oʻtkazgichli lazerlarni ixtiro qildi va ularning boshqa tur lazerlardan afzalligini aniqladi (bunday lazerlarning f.i.k. 100 foizga yaqin).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |