Vulfenit [avstriyalik mineralog F. Vulfen (1728—1805) nomidan] — volframatlar va molibdatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi R[MoO4]. Tetragonal singoniyali, kvadratchalar shaklidagi kristallar. Rangi sariq, boʻz rang , qoʻngʻir, goho rangsiz, olmossimon yaltiroq. Qattiq-ligi 3,5. C.of. 6,3—7,0. Qoʻrgʻoshin-qalay konlarining oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Qoʻrgʻoshin va ozroq miqdorda molibden olinadigan ruda. Ja-zoir, Avstraliya, AQSH, Yugoslaviya va b. joylarda yirik konlari bor. Oʻzbekistonda qoʻrgʻoshin va qalay konlarida (Olmaliqda va b. joylarda) topilgan.

Vulfenit

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil