Vulqon gazlari
Vulqon gazlari — vulqon otilayotganda va tinchigandan soʻng ajralib chiqadigan gazlar. Vulqon otilayotganda ajralib chiqadigan gazlar eruptiv va vulqon otilishi tinchigandan keyin kuch bilan va burqirab ajralib chiqadigan gazlar fumarol, mofet va solfatar gazlar deb ataladi. Vulqon gazlari vulqon krateri, vulqon yon bagʻirlari yoriqlaridan, lava oqimlari va piroklastik jinslardan ajralib chiqadi. Eruptiv gazlar tarkibida H2O, H2, HCl, HF, H2S, CO, SO2 va boshqalar aniqlangan. Vulqon gazlari yer osti suvlari zonasidan oʻtganda issiq buloqlar hosil qiladi. Eruptiv gazlar portlab vulqon qay tarzda otilishlarini belgilaydi va lavani oqishiga taʼsir etadi. Fumarol gazlar lavadan va piroklastik jinslardan ajralib chiqqan gazlarning atmosferadagi gazlar va lava ostidagi organik mahsulotlar bilan reaksiyaga kirishishidan hosil boʻlgan gazlar aralashmasidan iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |