Vyacheslav Aleksandrovich Grinchenko (1938.21.9, Harkov viloyati, Krasnograd shahri) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971), Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1966 — 1985), 1985-yildan Moskva filarmoniyasi yakkaxoni. Don Karlos (J. Verdi, "Don Karlos"), Boris (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), don Bazilio (J. Rossini, "Sevilya sartaroshi"), Konchak, knyaz Galitskiy (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Vojak (A. Xolminov, "Hayotbaxsh oʻlim"), Pyotr I (A. Petrov, "Pyotr Birinchi") va boshqalar partiyalarning moxir ijrochisi. Grinchenko keng diapazonli va kuchli ovoz sohibi. Har bir obrazni haqqoniy ifoda etishga intiladi. Oʻzbekiston kompozitorlari (G. Mushel, B. Giyenko, A. Berlin va boshqalar)ning kamer-vokal asarlarini ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil