Vyacheslav Sergeyevich Karavayev (ruscha: Вячеслав Сергеевич Караваев 1995-yil 20-mayda tugʻilgan) — Rossiyalik professional futbolchi, Rossiya Premer-ligasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Vyacheslav Karavayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Sergeyevich Karavayev
Tavallud sanasi 20-may 1995-yil (1995-05-20) (28 yosh)
Tavallud joyi Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zenit St. Petersburg
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2014 CSKA Moscow

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Karavaev 2013-yilning 2-dekabrida „Rostov“ ga qarshi oʻyinda CSKA jamoasi tarkibida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[1].

Karavaev 2014-yilning yozida Chexiya Birinchi Ligasining „Dukla Praga“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[2].

2016-yil 16-avgustda u Chexiyaga qaytib keldi va Praganing Sparta klubi bilan doimiy asosda shartnoma imzolagan.

2018-yilning 31-yanvarida u Eredivizionning " Vitess " klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi va u uchun 2,5 million yevro toʻlangan[3].

2019-yilning 2-sentabrida u Rossiya Premer-ligasi chempioni Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

2019-yil 11-mart kuni u Rossiya terma jamoasiga, 2019-yilning 21-martida Belgiyaga, 2019-yilning 24-martida esa Qozogʻistonga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinlariga chaqirilgan[5]. U 2019-yilning 13-oktabr kuni Yevro—2020 saralashida Kiprga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U 38-daqiqada Petrovning jarohati tufayli Sergey Petrovning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[6].

2020-yil 3-sentabrda u Rossiya terma jamoasi safidagi ilk golini UEFA Millatlar ligasi 2020-21 oʻyinida Serbiya darvozasiga kiritgan. 

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevvro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan[7]. 2021-yil 12-iyun kuni Rossiyaning Belgiyaga qarshi dastlabki oʻyinida u birinchi boʻlim oxirida jarohat olgan Yuriy Jirkovning oʻrniga maydonga tushgan. Rossiya 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan[8]. 16-iyun kuni Finlandiyaga qarshi kechgan ikkinchi oʻyinda u yana birinchi boʻlimda jarohat olgan jamoadoshi oʻrniga maydonga tushishga majbur boʻlgan, bu safar Rossiyaliklar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[9]. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan, Rossiya 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va musobaqani tark etgan[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

 
 
 
 

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
CSKA Moscow 2013-14 RPL 2 0 1 0 1 0 0 0 4 0
Dukla Prague (Ijara) 2014-15 Checiya birinchi ligasi 29 0 0 0 29 0
Jablonec (Ijara) 2015-16 29 3 7 0 4 0 40 3
Sparta Prague 2016-17 27 3 1 0 9 1 37 4
2017-18 3 0 2 0 2 0 7 0
Jami 30 3 3 0 11 1 44 4
Vitesse 2017-18 Eredivisie 11 0 4 0 15 0
2018-19 33 1 4 0 4 0 4 0 45 1
2019-20 5 1 5 1
Jami 49 2 4 0 4 0 8 0 65 2
Zenit St. Petersburg 2019-20 RPL 20 1 5 0 6 0 31 1
2020-21 25 3 1 0 5 0 1 0 32 3
2021-22 17 0 1 0 5 0 1 0 24 0
Jami 62 4 7 0 16 0 2 0 87 4
Karyerada jami 201 12 22 0 36 1 10 0 269 13

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 03.09.2020 VTB Arena, Moskva, Rossiya   Serbiya 2 — 0 3-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B
2. 01.06.2021 Stadion Miejski, Vrotslav, Polsha   Polsha 1 — 1 1-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

CSKA Moskva
  • Rossiya Premer-ligasi : 2013-14
Zenit Sankt-Peterburg
  • Rossiya Premer-ligasi : 2019-20[11] 2020-21[12] 2021-22[13]
  • Rossiya kubogi : 2019-20[14]
  • Rossiya Superkubogi : 2020[15] 2021[16]

Manbalar tahrir

  1. „Rostov-CSKA game report“. Russian Premier League (2-dekabr 2013-yil). 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2013-yil.
  2. „Dukla jde do ligy bez střelce Pospěcha, její cíle však sahají vysoko“ (cs). idnes.cz (22-iyul 2014-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2014-yil.
  3. „KARAVAEV VERSTERKT VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2018-yil.
  4. „Вячеслав Караваев переходит в "Зенит"“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (2-sentabr 2019-yil).
  5. „Состав на Бельгию и Казахстан“ (ru). Russian Football Union (11-mart 2019-yil).
  6. „Cyprus v Russia game report“ (ru). Russian Football Union (13-oktabr 2019-yil).
  7. „Состав сборной России на ЕВРО-2020“ (ru). Russian Football Union (2-iyun 2021-yil).
  8. „Belgium v Russia game report“. UEFA (12-iyun 2021-yil).
  9. „Finland vs Russia UEFA EURO 2020“. UEFA (16-iyun 2021-yil).
  10. „Russia v Denmark game report“. UEFA (21-iyun 2021-yil).
  11. „Zenit crowned 2019/20 RPL champions“. Russian Premier League (5-iyul 2020-yil).
  12. „Sensational Zenit storm to the title with utterly dominant thrashing“. Russian Premier League (2-may 2021-yil).
  13. „«Зенит» – восьмикратный чемпион Тинькофф РПЛ!“ (ru). Russian Premier League (30-aprel 2022-yil).
  14. „Late Dzyuba penalty seals Russian Cup for Zenit“. Russian Premier League (25-iyul 2020-yil).
  15. „"Зенит" обыграл "Локомотив" и стал пятикратным победителем Олимп-Суперкубка России“ (ru). Russian Premier League (7-avgust 2020-yil).
  16. „Zenit canter to second consecutive Super Cup win over error-strewn Lokomotiv“. Russian Premier League (17-iyul 2021-yil).