Vyacheslav Prokofyevich Krasichkov (1898.10.10, Saratov gubernyasi Petrovskiy uyezdi Bobrovka qishlogʻi — 1978.16.6, Doʻshanba) — seleksioner olim, Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademik (1957), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1952). SoyuzNIXIning Qoʻrgʻontepadagi tajriba stansiyasida gʻoʻza seleksiyasi boʻlimi mudiri (1934—56), Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1956—57), Tojikiston Fanlar akademiyasi vitse-prezident (1957—61), Tojikiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutida seleksiya boʻlimi mudiri (1961—69). 1969-yildan Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Vaxsh filialida (1978-yildan V. A. Krasichkov nomida) gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari ingichka tolali gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi masalalariga bagʻishlangan. Uning ishtirokida 12 dan ortiq ingichka tolali gʻoʻza navlari (5595-V, 6465-V, 6249-V, 7072-V va boshqalar) yaratildi. U yaratgan navlar Oʻzbekistonda ham ekilgan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1972).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil