Wílmar Barrios
Wílmar Enrique Barrios Terán (talaffuzi: Vilmar Enrike Barrios Teran) — 1993-yil 16-oktabr sanasida Kolumbiyaning Kartaxena shahrida tugʻilgan. Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wilmar Enrique Barrios Terán | ||
Tavallud sanasi | 16-oktyabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Cartagena, Kolumbiya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Zenit Saint Petersburg | ||
Raqami | 5 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2016 | Deportes Tolima | 102 | (3) |
2016—2018 | Boca Juniors | 48 | (1) |
2019- | Zenit Saint Petersburg | 103 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016 | Kolumbiya U23 | 9 | (0) |
2016- | Kolumbiya | 53 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (24-oktabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-sentabr 2022-yil (utc) uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirWílmar Barrios „Deportes Tolima“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2013-yil 24-fevralda „Boyacá Chicó“ga qarshi oʻyinda Mustang kubogida debyut qildi[1]. 2014-yilda Kolumbiya kubogi sohibiga aylandi. 2015-yil 17-may kuni „Jaguares de Córdoba“ga qarshi kechgan duelda u „Deportes Tolima“ safidagi ilk golini urdi[2]. Oʻsha yilning yozida Wílmar Barrios Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 2,7 million yevroni tashkil qildi. 29-oktabr kuni Temperliga qarshi oʻyinda u Argentina Primerasida Pablo Peresning oʻrniga ikkinchi boʻlimda debyut qildi[3]. 11-dekabr kuni „Estudiantes“ga qarshi duelda u „Boca Juniors“ safidagi ilk golini urdi[4]. 2017-yilda Wílmar Barrios klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi.
Milliy terma jamoa safida
tahrir2016-yilning yozida Wílmar Barrios Kolumbiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi[5][6]. Turnirda u Shvetsiya, Yaponiya Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8].
7-sentabr kuni Braziliya terma jamoasiga qarshi JCh-2018 saralash bahsida Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qildi[9].
2018-yilda Wílmar Barrios Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi[10][11][12]. Turnirda u Yaponiya, Polsha va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yil 28-sentabr kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:2) terma jamoa safida debyut va gʻalaba golini kiritdi[13].
Statistikasi
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
Deportes Tolima Kolumbiya | 2013 | 11 | 0 | 0 | 12 | 0 | 0 | — | 23 | 0 | 0 | ||
2014 | 36 | 0 | 2 | 13 | 1 | 0 | — | 49 | 1 | 2 | |||
2015 | 37 | 3 | 1 | 8 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 49 | 3 | 1 | |
2016 | 18 | 0 | 1 | 5 | 1 | 0 | — | 23 | 1 | 1 | |||
Jami | 102 | 3 | 4 | 38 | 2 | 0 | 4 | 0 | 0 | 144 | 5 | 4 | |
C. A. Boca Juniors Argentina | 2016-2017 | 19 | 0 | 3 | 1 | 0 | 0 | — | 20 | 0 | 3 | ||
2017-2018 | 23 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 31 | 1 | 0 | |
2018-2019 | 6 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 8 | 0 | 0 | 16 | 0 | 0 | |
Jami | 48 | 1 | 3 | 7 | 0 | 0 | 12 | 0 | 0 | 67 | 1 | 3 | |
Zenit de San Petersburgo Rossiya | 2018-2019 | 10 | 1 | 0 | - | - | - | 4 | 0 | 0 | 14 | 1 | 0 |
2019-2020 | 26 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 36 | 1 | 0 | |
2020-2021 | 25 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 32 | 0 | 1 | |
2021-2022 | 27 | 0 | 1 | 2 | 0 | 0 | 8 | 0 | 0 | 37 | 0 | 1 | |
2022-2023 | 10 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | 0 | |
Jami | 98 | 2 | 2 | 8 | 0 | 0 | 24 | 0 | 0 | 130 | 2 | 2 | |
Umumiy karyerasida | 248 | 6 | 9 | 53 | 2 | 0 | 40 | 0 | 0 | 341 | 8 | 9 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
„Deportes Tolima“
- Kolumbiya kubogi sohibi: 2014-yil
- Argentina chempioni: 2016-2017, 2017-2018
- Libertadores kubogi finalchisi: 2018-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Бояка Чико VS. Депортес Толима 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (24-fevral 2013-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Депортес Толима VS. Хагуарес де Кордоба 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (17-may 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Бока Хуниорс VS. Темперлей 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (29-oktabr 2016-yil). 9-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Эстудиантес VS. Бока Хуниорс 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (11-dekabr 2017-yil). 9-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Швеция (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (5-avgust 2016-yil). 11-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Колумбия (до 23) VS. Нигерия (до 23) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-avgust 2016-yil). 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (14-avgust 2016-yil). 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Япония (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (8-avgust 2016-yil). 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Бразилия VS. Колумбия 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-sentabr 2016-yil). 10-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Колумбия VS. Англия 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (3-iyul 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
- ↑ „Польша VS. Колумбия 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (24-iyun 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
- ↑ „Колумбия VS. Япония 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (19-iyun 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
- ↑ „Mexico - Colombia, Sep 28, 2022 - International Friendlies - Match sheet“ (inglizcha). www.transfermarkt.com. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.