Wan Houliang
Wan Houliang (talaffuzi: Van Xoulyan) (1986-yil 25-fevralda tugʻilgan) — Xitoyning birinchi ligasida Beijing Renhe himoyachisi sifatida oʻynaydigan xitoylik xalqaro futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wan Houliang | ||
Tavallud sanasi | 25-fevral 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Beijing, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Beijing Renhe | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2002 | Beijing Huaya Feiying | ||
2002—2004 | ČSK Čelarevo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2014 | Guizhou Renhe | 112 | (12) |
2009 | → Jeonbuk Hyundai (Ijara) | 4 | (0) |
2015—2016 | Qingdao Huanghai | 56 | (2) |
2017 | Beijing Renhe | 66 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Xitoy U23 | 25 | (0) |
2008—2009 | Xitoy | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-dekabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirWan Houliang oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Beijing Huaya Feiyingning yoshlar jamoasida oʻynab va Serbiyada futbol boʻyicha mashgʻulotlariga qatnashib boshlagan va u yerda uchinchi toifadagi FK ČSK Chelarevoning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan[1]. 2004-yilda Wan Xitoyga qaytib kelgan va yuqori divizion vakili Shanghai COSCO Sanlin bilan shartnoma imzolagan. 2005-yil 24-aprelda u Xitoy Superligasidagi ilk professional o‘yinini Shanghai derbisida Shanghaining „Inter“ jamoasi „Shanghai Shenhua“ga qarshi o‘ynagan va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan[2]. Magʻlubiyatga qaramay, Wan Cheng Yaodong qoʻl ostida jamoada oʻsib borayotgan yulduzga aylangan va hatto 2005-yil 11-sentyabrda Beijing Guoanga qarshi oʻyinda dubl qayt etgan[3].
2009-yilning 13-iyulida Wan K-liga klubi Jeonbuk Hyundai Motorsga 2009-yilning ikkinchi yarmi uchun ijaraga oʻtishi maʼlum boʻlgan. 2009-yilning 26-iyulida Wan Houliang „Ulsan Hyundai Horang-i“ga qarshi bahsda Jeonbuk safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. 2009-yil 7-oktyabrda u Koreya FA kubogi yarim finalida Suvon Samsung Blyuvingsga qarshi oʻyinda avtogol muallifiga aylangan. Wan klubdagi faoliyati davomida jamoa rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsata olmagan boʻlsa-da, ularga ligada gʻalaba qozonishda yordam bergan.
Wan 2010-yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik uchun Shaanxiga qaytgan. 3-mart kuni u „Hangzhou Greentown“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oyogʻini sindirib olgan va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan[4]. 2015-yilning 13-fevralida Wan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Qingdao Hainiu“ga o‘tgan[5].
2017-yilning yanvarida Wan Xitoyning Birinchi ligas jamoasi Beijing Renhega qaytgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirWan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan va u yerda ikkita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan[6]. Wan Houliang 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxiradan maydonga tushib terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan[7].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Guizhou Renhe | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 22 | 1 | |
2006 | 11 | 0 | 3 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||||
2007 | 22 | 3 | - | - | - | 22 | 3 | |||||
2008 | 19 | 1 | - | - | - | 19 | 1 | |||||
2009 | 14 | 2 | - | - | - | 14 | 2 | |||||
2010 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||||
2011 | 19 | 4 | 2 | 0 | - | - | 21 | 4 | ||||
2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||||
2013 | 6 | 1 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 6 | 1 | |||
2014 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | 6 | 0 | |||
Jami | 112 | 12 | 8 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 124 | 12 | ||
Jeonbuk Hyundai Motors (Ijara) | 2009 | K-Liga | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 5 | 0 | |
Qingdao Hainiu | 2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 28 | 0 | 0 | 0 | - | - | 28 | 0 | ||
2016 | 28 | 2 | 0 | 0 | - | - | 28 | 2 | ||||
Jami | 56 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 56 | 2 | ||
Beijing Renhe | 2017 | Xitoy Birinchi Ligasi | 22 | 2 | 0 | 0 | - | - | 22 | 2 | ||
2018 | Xitoy Super Ligasi | 27 | 1 | 2 | 0 | - | - | 29 | 1 | |||
2019 | 17 | 0 | 0 | 0 | - | - | 17 | 0 | ||||
Jami | 66 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 68 | 3 | ||
Karyerada jami | 238 | 17 | 11 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 253 | 17 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirJeonbuk Hyundai
- K-liga : 2009-yil
Guizhou Renhe
- Xitoy FA kubogi : 2013[8]
- Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „http://data.sports.163.com/athlete/home/0005000E0HGW.html“ (zh). data.sports.163.com. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
- ↑ „http://sports.sohu.com/20050424/n225318509.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2005-yil 24-aprel). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „http://sports.sohu.com/20050911/n226929054.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2005-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „http://sports.sohu.com/20100304/n270563853.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ 青岛海牛宣布签贵州大将 前国奥后防铁闸加盟 at sports.163.com 2015-02-13 Retrieved 2014-02-13
- ↑ „Wan Houliang“. sports-reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „http://teamchina.sports.sohu.com/20081219/n261322135.shtml“ (zh). teamchina.sports.sohu.com (2008-yil 19-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (2013-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.